Jobmatching.bg Foundation for Access to Rights

Ish izlovchi o’zbeklar uchun onlayn uchrashuv: Bolgariyada ishlash imkoniyatlari

Bolgariyada ishlashni o’ylayapsizmi? Advokat Valeria Ilareva bilan onlayn uchrashuvga taklif qilamiz.

Valeria Ilareva — „Huquqlarga kirish fondi“ (FAR) rahbari va bosh yuristi bo’lib, chet ellik ishchilarga, shu jumladan O’zbekistondan kelgan ishchilarga, Bolgariyada qonuniy ishlash, ish ruxsatnomasi va viza masalalarida huquqiy yordam va maslahat beradi. FAR — Bolgariyada litsenziyalangan mehnat vositachisi (litsenziya №3570).

Nimalar haqida gaplashamiz:

  • Bolgariyada qanday ish topsam bo’ladi?
  • Qanday hujjatlar kerak?
  • Qanday huquqlarim bor?

O’z savollaringizni ham berishingiz mumkin. Uchrashuv o’zbek tiliga tarjima qilinadi, tarjimon — Zohid Mavlyanov. Ishtirok bepul.

2026-yil 20-avgust. Uchrashuv 2 soat davom etadi: soat 17:00–19:00 (O’zbekiston va Tojikiston vaqti bilan) | 18:00–20:00 (Qirg’iziston vaqti bilan). Uchrashuv onlayn bo’ladi.

18-avgustgacha shu yerda ro’yxatdan o’ting: https://forms.gle/uPK7qpFwvbeJPL4WA

19-avgust kuni uchrashuv havolasini emailingizga va WhatsApp’ingizga yuboramiz.